“UzAutoMotors” va yana 8 ta korxonada 2021 yildan monopoliyaga qarshi nazorat o‘rnatiladi

Jamiyat

image

2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida davlat ishtirokidagi 9 ta korxonada monopoliyaga qarshi komplayens tizim joriy qilinadi. Bu haqda “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati:

1. “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati
2. “Kvars” aksiyadorlik jamiyati
3. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki
4. “UzAutoMotors” aksiyadorlik jamiyati
5. “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati
6. “Navoiazot” aksiyadorlik jamiyati
7. “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati
8. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati
9. “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati.

2021 yil boshidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, tabiiy monopoliya sub’ektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek oxirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda monopoliyaga qarshi komplayens joriy etiladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish komplayensi – monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga rioya etilishiga va bu boradagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmui.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘zi uchun korporativ harakat qoidalarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi. Shu tariqa, harakatlar ustidan monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha ikki turdagi – ichki va tashqi nazorat o‘rnatiladi.

Bunday tizim xodimlarning monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlarini buzish, shu jumladan ularni bilmaslik natijasida buzish holatlarining oldini olish imkonini beradi. Komplayensni qo‘llash natijasida raqobatga qarshi harakatlar, binobarin monopoliyaga qarshi kurashish organlari tomonidan jarimalar qo‘llanilishi kamayadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing