“UzAutoMotors” uchta modeldagi mashinalarini chaqirib olyapti
Jamiyat
−
21 dekabr 2021
43017“UzAutoMotors” AJ joriy yilning 5-17 dekabrida ishlab chiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini “Chaqirib olish” dasturini e’lon qildi
Kompaniya Matbuot xizmatining xabar berishicha, bu “Chaqirib olish” dasturi avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.
Barcha ishlar “UzAutoMotors” AJ xodimlari tomonidan dilerlik markazlarining servis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
“UzAutoMotors” ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifati va mijozlar talabini qondirishni o‘zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. “UzAutoMotors” AJ bosh direktori Bo Andersson bu yil kompaniyaga kelganida sifatni keskin oshirishni va har qanday kamchiliklarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishni e’lon qildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq kompaniya 2022 yilning fevral oyigacha Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti kabi ommabop modellarni ishlab chiqarishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi