“UzAutoMotors” 4 avtomobilni sotish bo‘yicha shartnoma tuzishni to‘xtatdi

Jamiyat

image

“UzAutoMotors” kompaniyasi 2022 yil 1 fevralga qadar Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi shartnomalar tuzishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida aytilgan.

“Hammamizga ma’lumki, logistika muammolari portlar va temir yo‘llarda (konteynerlar 6 oygacha kechikadi), shuningdek, butun bo‘ylab yarimo‘’tkazgichlarni etkazib berishda uzilishlar dunyo global avtomobil sanoatida uzoq davom etgan inqirozga olib keldi.

Afsuski, bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emas.

Kechayu kunduz ishlab chiqarishga qaramay, dilerlarning barcha sa’y-harakatlari va Kompaniya xodimlarining fidokorona mehnatiga qaramay, avtosalonlarda navbatlar tobora ortib bormoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Qayd etilishicha, “UzAutoMotors” jamoasi oktyabr, noyabr va dekabr oylarida shartnoma majburiyatlarini sifat jihatidan yo‘qotmasdan bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan. Ammo har safar kompaniya vaziyatni amalda yengib, avval yetkazib berilmagan avtomobillarni ishlab chiqara olgan va deyarli normal ish ritmiga qaytgan.

“Bunday sharoitda Kompaniyaning boshqa bir yo‘li mavjud emas, bir qator boshqa global avtomobil ishlab chiqaruvchilardan o‘rnak olishga, vaqtincha, 20.12.2021 dan 01.02.22 gacha muddatiga Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatib, barcha kuch-g‘ayratimizni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratish.

Aynan shu maqsadda zavod belgilangan muddatda ishlaydi. Bu qarorni qabul qilish biz uchun oson bo‘lmadi, ammo hozirgi sharoitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar bo‘yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

“UzAutoMotors” vaqtinchalik yangi avtomobilga buyurtma bera olmagan potensial xaridorlaridan chin dildan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1837

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing