UzAuto: Nurafshonda Navro‘z sayli! Yangilanish, mehr-oqibat ayyomi xalqimizni birlashtiradi
Biznes
−
21 mart 2023
5341Navro‘z go‘zal shukuhi, sof nafasi, sog‘intirib kelishi bilan o‘zgacha. Har gal go‘yo yangitdan kashf etilgandek. Bahor fasli va tabiat uyg‘onishining timsoli, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish bu ayyomni orziqib kutish, baland ruh va katta xursandchilik bilan nishonlash el-yurtimiz uchun oliyjanob an’anaga aylanib qolgan. UzAuto homiyligida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida nishonlangan tarixi necha ming yillik o‘tmishga borib taqaluvchi Navro‘z shodiyonasida ana shu milliy urf-odatlar qayta tiklangandek bo‘ldi.
Navro‘z tantanasi birdamlik va rizq-ro‘z bayrami. Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon avto centrye” dilerlik markazi yosh-u katta, bolalar o‘yin-kulgusi, quvonchi va zavqi bilan har galgidan-da gavjum. Shodiyona munosabati bilan mazkur hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 100-ga yaqin oilalar uchun bayram dasturxoni yozilib, Navro‘zning shohona taomi – sumalak, osh, ko‘k somsalar pishirildi hamda ularga tortiq qilindi. Bularning hammasi aholini yanada jipslashtirish, bir-birlariga nisbatan mehr va muruvvatni yanada mustahkamlash yo‘lidagi hayrli tashabbusdir.
Tadbirni UzAuto boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev ochib berib, barchani yasharish va yangilanish va ezgu niyatlar ayyomi Navro‘zi olam bilan samimiy tabrikladilar.
“Navro‘z - xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismi sanaladi. Shu bois ham nafosat timsoli bo‘lgan ushbu bayramni barchamiz orziqib kutamiz. Davlatimiz rahbari bu bayramni o‘zgacha ruxda o‘tkazish maqsadida qabul qilgan Qarorlarida xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etadi. Sizlarni ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Mana shu qutlug‘ kunda sizlarga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat tilaymiz. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, farovonlik va qut-baraka olib kelsin.– deydi Shavkat Umurzakov.
Necha yuz yillik an’ana va qadriyatlarimiz, milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, turli o‘yinlar-u tomoshalar ayni bahor tarovati bilan yanada jozibali. Xonandalar tomonidan ijro etilgan bahor, yoshlik va Navro‘zni madh etuvchi kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar qalbini ham bahor osmoniday beg‘ubor quvonchlarga to‘ldirdi. Shou dasturlar barchaga chinakam bayram kayfiyat ulashdi. Har bir namoyishda yurtimizga o‘z husni tarovatini ko‘z-ko‘z etib kelgan bahor nafasini tuyish mumkin.
Tadbir yakunida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi “Ayollar”, “Yoshlar”, “Temir”, “Mehr” daftarlariga kiritilgan hamda boshqa ijtimoiy ehtiyojmand aholining muammolarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Qolaversa, Navro‘z shodiyonasi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, qariyalar, nogironlar, bemorlar va muhtojlar holidan xabar olindi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi