UzAuto Motors yangi Chevrolet Tahoe 2025 modelini taqdim etdi. Imkoniyatlar va narx qanday? (fotoreportaj)
Biznes
−
28 avgust 12282 3 daqiqa
Joriy yilning 26 avgust kuni “UzAuto Motors” AJ yangi Chevrolet Tahoe 2025 – High Country taqdimotini o‘tkazdi. QALAMPIR.UZ taqdimotda ishtirok etib, avtomobilning boshqa modellardan o‘ziga xosligi va xususiyatlari bilan bevosita tanishdi.



Taqdimot davomida barcha ishtirokchilar uchun bayram tashkil etilib, musiqali chiqishlar qilindi. Shuningdek, taqdimotda “UzAuto Motors” AJ rahbariyati, xususan, bosh direktor Yanosh Kovach ishtirok etdi va shaxsan yangi Tahoe 2025 modelini tanishtirdi. Shuningdek, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Oldingi model 343 ot kuchiga ega 5,3 litrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lsa, hozirgi dvigatel 6,2 litrli bo‘lib, 420 ot kuchiga ega. Salonida 11 dyuymli displeyga ega raqamli qurilmalar paneli, Head-Up proyeksion displeyi hamda 17,7 dyuymli sensorli ekranga ega axborot-ko‘ngilochar tizim bilan jihozlangan.

Yanosh Kovach avtomobilning o‘ziga xos xususiyatlari va uning bozordagi o‘rni haqida aytib o‘tdi.
Yil boshidan buyon 200 mingdan ortiq boshqa modeldagi avtomobil ishlab chiqarib, sotganmiz, shuning uchun Tahoe 2025 High Countryga ham qiziqish yuqori bo‘lishiga ishonamiz”, dedi UzAuto Motors bosh direktori Yanosh Kovach.


To‘liq xususiyatlar
Ushbu model oiladagi eng kuchli 6,2 litr hajmga ega V-simon shakldagi 8 silindrli dvigatel bilan jihozlanib, 10 pog‘onali avtomatik transmissiya bilan uyg‘unlashgan. Bunday kombinatsiya Tahoe’ni 420 ot kuchi bilan ta’minlaydi, yoqilg‘i sarfida yuqori tejamkorlikka ega, 8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish imkonini beradi.


Avtomobil to‘liq yuritish tizimi va yangi moslashuvchan pnevmatik osma bilan jihozlangan bo‘lib, u o‘ziga xos, noyob dizaynga ega, oiladagi eng yirik 24 dyuymli g‘ildiraklar bilan birgalikda, eng murakkab yo‘l sharoitlarida ham maksimal qulaylik va mukammal boshqaruv imkoniyatini ta’minlaydi.
Yangi Tahoe 2025’ning tashqi ko‘rinishi xromlangan elementlar, ko‘zga tashlanuvchi radiator panjarasi, animatsion chiroqlar va panoramali tom bilan jihozlangan. Haydovchi va yo‘lovchilar qulayligi uchun avtomatik ravishda chiqadigan zinapoyalar va yukxona eshigini kontaktsiz ochish tizimi o‘rnatilgan. Ajralib turuvchi High Country emblemalari esa bu avtomobilning butun Tahoe oilasidagi eng yuqori komplektatsiyaga mansub ekanini ta’kidlaydi.

Intererda yog‘och bilan bezatilgan yuqori sifatli materiallar ishlatilgan. Yetti o‘rinli salon charm qoplamali o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda isitish tizimi mavjud. Haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi uchun o‘rindiqlar ventilyatsiyasi ham nazarda tutilgan. Haydovchi o‘rindig‘i 8 yo‘nalishda elektron tarzda sozlanadi va favqulodda vaziyatlarda vibratsion tebranishli qayta aloqa tizimi bilan jihozlangan.

11 dyuymli displeyga ega raqamli qurilmalar paneli, Head-Up proyeksion displeyi bilan uyg‘unlashib, avtomobil haqidagi barcha muhim ma’lumotlarni bevosita haydovchining ko‘rish maydonida aks ettiradi. Bu esa boshqaruv jarayonida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi.

Ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar ixtiyoriga individual sozlash mumkin bo‘lgan iqlim-nazorati va ikkita 12,6 dyuymli ekranga ega ko‘ngilochar tizim o‘rnatilgan. Uchinchi qator o‘rindiqlari kattalar ham bemalol joylashadigan qilib ishlab chiqilgan, bu yangi Tahoe’ni oilaviy sayohatlar va biznes transferlari uchun eng ideal tanlovga aylantiradi.

“Haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligi – old to‘qnashuv haqida ogohlantirish bilan avtomatik favqulodda tormozlash funksiyasi, harakatlanish bo‘lagini saqlash tizimi, moslashuvchan kruiz-nazorati, yuqori aniqlikdagi atrofni ko‘rish kameralari, shuningdek, orqaga harakatlanish va pastga tushishda yordam berish kabi innovatsion tizimlar tomonidan ta’minlanadi.
Chevrolet Tahoe High Country – bu afsonaviy yo‘ltanlamasning yangi avlodi bo‘lish bilan birga, to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamaslar segmentida eng yuqori darajani belgilovchi model deyish mumkin. Model har bir detalda ishonch va nufuzni qadrlaydiganlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, egasining mavqeini ta’kidlab turadi”, deyiladi kompaniya rasmiy xabarida.

Yangi Chevrolet Tahoe 2025 High Country avtomobilining tavsiya etilgan chakana narxi 1 464 500 000 so‘mni tashkil etadi. Sotuvlar 2025 yil 11 sentyabrda boshlanishi rejalashtirilgan. Avtomobilni rasmiy Chevrolet dilerlaridan yoki savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning +99878 141 7777 raqamli koll-markazi hamda Chevrolet.uz saytidan olish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr