“UzAuto Motors” va “Uzbekistan Airways” aksiyalari sotiladi

Jamiyat

image

2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismi mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, Moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Transport vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda:

a) 2022 yil 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar “O‘zbekneftgaz” AJning, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJдagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlaydi;

b) 2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "O‘zbekgidroenergo" AJni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Bunda, yangi kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi;

v) 2022 yil 1 sentyabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlarini boshlaydi;

g) 2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirsin (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJni strategik investorlarga sotish strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing