”UzAuto Motors“ Turkmanistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-turkman forumi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va “Turkmenistan Motors” AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi

Turkmaniston tomon mamlakatda O‘zbekiston bilan hamkorlikda transport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Ushbu Memorandum doirasida “Turkmenistan Motors” AJ ishlab chiqarish ob’ektlarida “UzAuto Motors” AJ avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzish rejalashtirilgan. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil komponentlarini ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.

Bundan tashqari, “O‘zavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xo‘jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Qayd etilishicha, bu kelishuvni amalga oshirish Turkmanistonga yangi ish o‘rinlarini yaratish, YAIM tarkibida sanoat ulushini ko‘paytirish, eksport bozorlariga chiqish, aholini xalqaro sifatli avtomobillar bilan ta’minlash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing