“UzAuto Motors” “shapka” masalasida “vijdonsiz sub’ektlar”ni aybladi

Jamiyat

image

“UzAuto Motors” kompaniyasi transport vositalarini yetkazib berish muddatini uzayib ketgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Kompaniya bunga “vijdonsiz bo‘lgan sub’ektlar”ni sabab qilib keltirgan.

Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab avtomobilsozlik sanoati yarimo‘tkazgichlar tanqisligi bilan bog‘liq qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda. Mikrochiplarning global tanqisligi bir qator yirik avtomobilsozlik korxonalarida ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishga olib kelgan.

“UzAuto Motors” AJ ushbu muammoning salbiy oqibatlarini minimallashtirishga muvaffaq bo‘lib, zavodlarning to‘liq to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymadi. Biroq, shu bilan birga aytish joizki, ko‘pchilik ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishiga guvoh bo‘lmoqda va bu o‘z navbatida yangi transport vositalarini yetkazib berish muddatini uzayishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuzaga kelgan holatdan foydalanib, ba’zi bir vijdonsiz bo‘lgan sub’ektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar sodir etilmoqda hamda bunga qarshi “O‘zavtosanoat” AJ faol kurash olib bormoqda. Tovlamachilik haqida xabar berish orqali huquqbuzarlarga qarshilik ko‘rsatish dasturiga o‘z xissangizni qo‘shing”, deyiladi xabarda.

Kompaniya agar avtomobil xarid qilish vaqtida ma’lum bir avtomobil modelini sotib olish bo‘yicha shartnomalar yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunbuzarlik yoki boshqa turdagi korrupsiya holatlariga duch kelinsa, zudlik bilan 78 141 77-77 yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007 qisqa raqamlariga murojaat qilishni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

“UzAuto Motors”

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing