“UzAuto Motors” pulini to‘lab qo‘ygan mijozlari yana 2 oy kutishini aytdi

Jamiyat

image

“UzAuto Motors” AJ noyabr va dekabr oylarida yetkazilishi kerak bo‘lgan avtomobillar bo‘yicha muddatni yana ikki oyga uzaytirdi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati ma’lum qildi

Qayd etilishicha, kechiktirishga yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sabab bo‘lgan. 

“UzAuto Motors”ga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli, yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari sababli, kompaniya avtomobilni yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomaning 3.1.1 bandini qo‘llashga hamda 3.1 bandda ko‘rsatilgan avtomobillarning kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “UzAuto Motors” kompaniyasi xaridorlarga Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berishni to‘xtatgan edi.

Shuningdek, kompaniya xaridorlarga 2021 yilning oktyabr-noyabr oylarida Lacetti va Labo yetkazib berishni kechiktirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

630

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing