“UzAuto Motors” avtomobillari uchun oldindan to‘lov 50 foizgacha kamaytiriladi
Jamiyat
−
14 fevral 2022
18240Joriy yilning 1 mayiga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etiladi hamda “UzAuto Motors” avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytiriladi. Bugun, 14 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda shunday vazifa qo‘ydi.
Yig‘ilishda Prezident sohaga mas’ul “O‘zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umurzoqovga ishlab chiqarishni oshirish va aholining talabini to‘liq qondirish bo‘yicha tinimsiz ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tdi.
Shuningdek, Mirziyoyev jahonda mikrochiplar ishlab chiqarish va xalqaro logistika bilan bog‘liq muammolardan kelib chiqib yangi yondashuv va yechimlar topish zarur ekanini ta’kidladi.
Umuman, mashinasozlik tarmog‘i sanoatning “drayver” sohalaridan biri bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Bu borada, besh yillik Taraqqiyot strategiyasida avtomobil ishlab chiqarishni 1,4 barobarga, eksportini esa 2 barobarga oshirish belgilab olingan.
Shu munosabat bilan 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish, "UzAuto Motors" avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, Sh.Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida ochiq-oshkora va inson omilidan xoli tizimni yo‘lga qo‘yib, sun’iy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun shaxsiy javobgarlik yuklandi.
LiveBarchasi