O‘zbekiston yana ikki mamlakat bilan aviaqatnovni to‘xtatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston COVID-19 koronavirusning mamlakatkag kirib kelishining oldini olish uchun yana ikki mamlakat bilan aviqtnovlarni to‘xtatdi.

“COVID-19 koronavirusinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatimiz Transport vazirligi Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020-yilning 1-mart kunidan boshlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi”, deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston tomoni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanishiga kafolat berilishini tasdiqladi.

O‘zbekiston fuqarolariga Afg‘oniston va Erondagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus sababli Yaponiya va Italiyaga ham parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgani xabar qilingandi. 

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways 1 martdan Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni ham vaqtincha to‘xtatgandi. Undan avvalroq, 27 fevral kunidan Toshkentdan Jidda va Madinaga parvozlar to‘xtatilgan, u yerdagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun reyslar tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing