“O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi”. Braziliya bosh sovrinni o‘zida olib qoldi
Sport
−
08 iyul 2019
396314 iyundan 7 iyulga qadar Braziliya yashil maydonlarida o‘tkazilgan “Sopa Amerika-2019” musobaqasi g‘olibi aniqlandi.
E’tiborlisi, bu musobaqada mezbon Braziliya bosh sovrinni o‘zida olib qoldi. Musobaqa boshlanishidan avval jamoa yetakchisi Neymarning jarohat olganda ko‘pchilik mutaxassislar Braziliyaning yaqqol favorit emasligini ta’kidlashgan edi.
Ammo "o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi" deganlaridek, “pentakampionlar” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Peruni 3:1 hisobida taslim etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun kecha, 7 iyul kuni tongda Argentina 3-o‘rin uchun kurashda Chilini taslim etgan edi.
Sopa Amerika-2019.
Braziliya – Peru 3:1 (2:1, 1:0).
Rio-de-Janeyro shahri, “Marakana” stadioni.
Gollar: 1:0 – 15 Everton, 1:1 – 44, penalti Gerrero, 2:1 – 45 Gabriel Jezus, 3:1 – 90, penalti Risharlison.
Braziliya: Alisson, Markinos, Aleks Sandro, Dani Alves, Tiago Silva, Kazemiro, Koutino (Eder Militao, 77), Artur, Firmino (Risharlison, 75), Everton (Allan, 90), Gabriel Jezus.
Peru: Galese, Sambrano, Advinkula, Abram, Trauko, Flores, Yotun (Ruidias, 78), Kuyeva, Karrilo (Polo, 86), Tapiya (Gonsales, 82), Gerrero.
Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).
Chetlatish: Gabriel Jezus (70).
LiveBarchasi