O‘z xodimlari tomonidan korrupsiyada ayblangan ilmiy-amaliy Markaz Toshkent filiali mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy Markazi Toshkent shahar filiali bir guruh xodimlarining muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so‘rab qilgan murojaat tarqaldi. Holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilgan

Ushbu videomurojaatda bir guruh shifokorlar filial direktori va uning qo‘l ostidagi bir necha shaxslarni korrupsiya va ta’magirlikda ayblaganini ko‘rish mumkin.

Aniqlanishicha, joriy yil 2 fevral kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy Markazi Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

722

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing