Uysiz milliarder “Yil odami” deb topildi

Olam

image

Amerikaning Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask “Time” jurnali tomonidan 2021 yil odami deb e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni jurnalning YouTube kanalidagi ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.

“Bu odam Yer sayyorasidagi hayotga va, ehtimol, undan tashqaridagi hayotga ham favqulodda ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim o‘zgarishining ekzistensial inqirozidan tortib, ijtimoiy tengsizlikkacha, hech kim bu yilgi mavzularni 2021 yil odamidan yaxshiroq ifoda etolmadi. Bu - Ilon Mask”, deya e’lon qildi jurnal bosh muharriri Edvard Felsental.

Jumladan, jurnal Maskning “uyi yo‘qligini va boyligini sotayotganini”, “orbitaga sun’iy yo‘ldoshlarni olib chiqib, Quyoshni bo‘ysundirayotganini”, “yoqilg‘iga muhtoj bo‘lmagan haydovchisiz avtomobillar yaratayotganini” ta’kidlab, milliarder “ barmog‘i uchi bilan bozor narxlarini ko‘tarib yoki tushib ketishga sabab bo‘lishi” mumkinligini qayd etgan.

Ilon Mask Amerikaning Tesla va SpaceX kompaniyalari direktori va dunyodagi ikkinchi badavlat odam sifatida ijtimoiy tarmoq yangiliklaridagi markaziy shaxs bo‘ldi. Joriy yilning 12 dekabridagi savdolar yakunida Maskning umumiy boyligi qiymati 265,4 milliard dollarni tashkil qildi, bu Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos boyiligidan qariyb 70 milliard dollarga ko‘p. “Forbes” milliarderlar reytingiga ko‘ra, 1 noyabr’ kuni Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oshgan birinchi odam bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili ushbu sharafga AQSH Prezidenti Jo Bayden hamda uning afro-amerikalik vitse-prezidenti Kamola Xarris munosib ko‘rilgan edi. 2019 yilda esa bu unvon ekologik faol Greta Tunbergga nasib etgan.

Bundan tashqari jurnal “Yil qahramonlari” nominatsiyasi uchun “Mo‘jizakorlar” deb nomlangan COVID-19 vaksinalari ustida ishlagan tadqiqotchilarni munosib ko‘rdi. Jurnal muqovasida pandemiya davrida bir nechta vaksinalarni ishlab chiqishda muvaffaqiyat qozongan to‘rt nafar olim: Katalin Kariko, Barni S. Grem, Kizzmekia Korbet va Drev Vaysman tasvirlangan.

Shuningdek, “Time” joriy yilning 9 dekabr’ kuni gimnastikachi Simon Bilesni "Yil sportchisi" hamda amerikalik 18 yoshli qo‘shiqchi Oliviya Rodrigoni  "Yilning eng yaxshi san’atkori" deb e’lon qildi.

Barno Dusiyarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made