O‘ylaymanki, ertangi bahsda ham ustunlikka erishamiz – Srechko Katanets
Sport
−
09 Sentabr
7478O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 2-turdan o‘rin olgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston uchrashuvidan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.
“Avvalambor samimiy mehmondo‘stlik uchun tashakkur bildirmoqchiman. Tayyorgarlik yaxshi o‘tdi, ertangi o‘yinga tayyormiz. Jahon chempionatiga yo‘l olish uchun har bir uchrashuvda yaxshi natija qayd etishimiz shart. Biz qo‘shnilarmiz, o‘rtadagi masofa juda yaqin va ikki mamlakat o‘rtasidagi masofani bor-yo‘g‘i bir soatda bosib o‘tdik. Futbolchilarga adaptatsiya uchun hech qancha vaqt kerak bo‘lgani yo‘q”, deydi Katanets.
Shuningdek, Katanets futbolchilarning jismoniy holati haqida ham so‘z ochdi.
“Jismoniy holat yomonligi o‘tgan o‘yindan so‘ng ortda qoldi. O‘sha bahsda biz 11 nafar askarlarga qarshi o‘ynadik deyishimiz mumkin. Ular jismoniy jihatdan yaxshi holatda edilar. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, ertangi bahsda ham ustunlikka erishamiz”, deydi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston-O‘zbekiston bahsi 10 sentyabr kuni 19:00 da boshlanadi. 1-turdan keyin O‘zbekiston o‘z uyida KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasi xuddi shunday hisobda safarda Eronga imkoniyatni boy berdi.
LiveBarchasi