Uy hayvonlarini identifikatsiya qilish xizmati uchun to‘lovlar miqdori belgilandi
Jamiyat
−
29 avgust 2019
4470“Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu Nizomga asosan, identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvonlarning egalaridan undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari belgilandi.
Identifikatsiya qilish shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
- har bir qoramol, ot, eshak va tuyalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi – 4 460 so‘m;
- har bir qo‘y, echki va cho‘chqalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 foizi – 3 345 so‘m;
- har bir it va mushuklar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi – 2 230 so‘m.
Identifikatsiya uchun to‘lov tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari hisobvarag‘iga, naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Veterinariya pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati bepul beriladi.
Eslatib o‘tamiz, hayvonlarni identifikatsiya qilish – bu birkalash, tamg‘alash, jetonlash va chip o‘rnatish orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan individual raqam berish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirishdir.
LiveBarchasi