“Uyiga” qaytgan Ronaldu ilk o‘yindayoq gol urdi (video)

Sport

image

Bugun, 11 sentyabr kuni Angliya Premer ligasining 4-tur o‘yinlariga start berildi. 

“Manchester Yunayted”ga qaytgan Krishtianu Ronaldu ilk o‘yindayoq, “Old Trafford”da gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

U “Nyukasl” jamoasiga qarshi o‘tayotgan bahsning 47-daqiqasida darvozabonning xatosidan foydalanib, hisobni ochdi. Ushbu vaziyatda Meyson Grinvud darvoza tomon zarba yo‘lladi va raqib posboni to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. 

Ronaldu 12 yillik tanaffusdan so‘ng, “qizil iblislar” libosida maydonga tushdi. 

Eslatib o‘tamiz, Portugaliyalik futbolchi klublar safida 48 marta xet-trik qayd etgan. U ilk marta 2008 yilda aynan “Nyukasl” darvozasini 3 bor ishg‘ol qilgan.

Ma’lumot uchun, MYU 3 turdan so‘ng, 7 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda. “Oq-qoralar” esa atigi 1 ochko bilan 17-o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

712

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing