Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Jamiyat

image

Kecha, 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

•    bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
•    bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
•    arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
•    loyiha-smeta hujjatlarini kelishish; 
•    qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
•    qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
•    ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YAIDXPga murojaat qilinadi. 

Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

sno

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar