Uy-joy sotib olish uchun subsidiya berish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 537-son qaror qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4, 5-bandlariga o‘zgartirishlar kiritildi:

4-b.: Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi. Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada ko‘rsatilgan qiymatning 25 foizi miqdorida ajratiladi.

5-b.: Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘lanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq bo‘lmasligi kerak, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno (ilgari – sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati 2 000 BHMdan ortiq bo‘lmagan).

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 martdagi qarori nomiga o‘zgartirish kiritildi. Yangi tahriri quyidagicha: “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”.

Subsidiya olish uchun 2020 yil 31 dekabrgacha taqdim etilgan arizalar bo‘yicha subsidiyalarni berish muddati 2021 yil 1 dekabrga qadar uzaytiriladi (ilgari – 2021 yil 1 iyulga qadar).

Qaror quyidagi 32-band bilan to‘ldirildi: “Prezidentning 11.03.2021 yildagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020 yilda amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi. Prezidentning 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son farmoni qabul qilinganidan so‘ng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”.

Shuningdek Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing