Uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy etiladi
Jamiyat
−
23 Sentabr
3837Endilikda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi o‘rtasida nizolar ko‘payib borayotgani qayd etildi. Bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolmoqda. Shu bois Prezident topshirig‘iga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani o‘rgandi.
Bunda developerlar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka topshiradi.
Banklar esa yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo‘ladi.
Yangi tizim Samarqand shahri, Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.
LiveBarchasi