Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga xorijdan maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

image

Olive Normand Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda o‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 sentyabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida suv resurslari sohasidagi xorijlik ekspert Olive Normand vazirning davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan.

Mazkur sohada xalqaro tajribaga ega bo‘lgan ekspert sifatida Olive Normand davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirish hamda natijadorligini monitoring qilish masalalarida vazirlik mas’ul xodimlariga ko‘maklashadi.

Ayini paytda Olive Normand ushbu masalalarda vazirlik huzurida tashkil etilgan jamoatchilik kengashi a’zosi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabarti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliv'e Normand

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar