O‘tgan yili o‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatga o‘qishga ketdi?
Jamiyat
−
18 yanvar
39142024 yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonliklar asosan o‘qish maqsadida Tojikistonga borayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jami 35,9 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan. Shulardan 12 809 nafari Tojikistonga, 8 629 nafari Rossiyaga va 3 953 nafari Qirg‘iz Respublikasiga tashrif buyurgan.
O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:
- Tojikiston – 12 809 nafar;
- Rossiya – 8 629 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 3 953 nafar;
- Turkiya – 2 711 nafar;
- Koreya Respublikasi – 2 077 nafar;
- Qozog‘iston – 1 589 nafar;
- Buyuk Britaniya – 792 nafar;
- Xitoy – 767 nafar;
- AQSH – 576 nafar;
- BAA – 390 nafar;
- Boshqa davlatlar – 1 602 nafar.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida ham o‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida ko‘proq Tojikistonga borayotgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar