O‘tgan yili qishda sovuqqotgan O‘zbekiston Afg‘onistonga 94 million dollarlik elektr sotgan

Olam

image

O‘zbekiston Afg‘onistonga eng ko‘p elektr energiyasi eksport qiladigan davlatlardan biri (Tojikistondan keyin) bo‘lib qolmoqda. Bu haqda “Da Afghanistan Breshna Sherkat” elektr kompaniyasining tijorat direktori Abdul-Rahmon Rahimiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” o‘tgan yili qariyb 300 million dollarga yaqin elektr energiyasini xorijdan sotib olgan. Bu xaridning 96 million dollari Tojikiston hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekistondan esa 94 million dollarlik elektr energiyasi import qilingan.

Bundan tashqari, Afg‘oniston  Erondan 62 million, Turkmanistondan esa 47 million dollarlik elektr energiyasi sotib olgan. Afg‘oniston elektr kompaniyasi qo‘shni davlatlardan elektr energiyasini import qilishdan tashqari, mahalliy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga ham 22,3 million dollar o‘tkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Afg‘onistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 75 foizi qo‘shni davlatlardan ta’minlanadi.

“Breshna” shirkati Afg‘onistonning shimoliy qo‘shni davlatlariga katta moliyaviy xarajat to‘laganini e’lon qilgan bo‘lsa, joriy yil boshida Tojikiston va O‘zbekiston Afg‘onistonning qarzdorligi tufayli bir necha kunga mamlakatga elektr energiyasi oqimini to‘xtatib qo‘ygan.

Aytish joizki, birgina Qobul shahri turli fasllarda 500 dan 800 megavattgacha elektr energiyasi sarflaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing