O‘tgan yili 37 mingga yaqin obektdan 17 mingdan ortiq kamchilik topildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 iyun kuni Milliy matbuot markazida uy-joy qurilishida sifatni nazorat qilish, qurilish ob’ektlari mustahkamligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mas’ullari, injiniring kompaniyalari xodimlari, yetakchi loyihalashtirish tashkilotlari vakillari va jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda sohaga oid qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, tizimda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, mavjud muammolar xususida ma’lumot berildi.

Jumladan, hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan tasdiqlangan reja asosida ijtimoiy soha va uy-joylarning qurilishi sifati bo‘yicha doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda. 2018 yilda 36 ming 938 ob’ekt Davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, ularda o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 17 ming 82 marta yozma ko‘rsatma yuborilgan.

Tadbirda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Joriy yilda respublikada ijtimoiy soha ob’ektlari, shaharlarda qurilayotgan ko‘p qavatli, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qad rostlayotgan uy-joylar va “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan 22 ming 717 ob’ekt mavjud. Ayni paytda ularda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar joylarda sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari borasidagi holatlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bo‘yicha 159 pudratchi tashkilotga nisbatan ma’muriy hujjatlar to‘plami tayyorlanib, ma’muriy sudlarga yuborildi. Shu bilan birga 2017-2018 yillarda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda ham ko‘plab kamchilik va nuqsonlar aniqlangan.

Matbuot anjumanida mavzu bo‘yicha jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga vazirlik rahbariyati va mutaxassislar javob qaytardi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy matbuot markazi uy-joy qurilishi

Baholaganlar

9

Reyting

3.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing