Toshkent viloyatida 9 qavatli uy sifatsiz qurilayotgani aytildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning holati tasvirlangan videolavha tarqaldi. Lavhada yangi qurilayotgan uyning armaturalari sifatsiz ekani, yotqizilgan beton esa ko‘chib ketayotgani haqida aytilgan. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi

Ma’lum qilinishicha, holat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ob’ektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan hamda tegishli organlarga taqdim etish uchun zarur hujjatlar to‘planmoqda. Yanada to‘liq tafsilotlar haqida tez orada ma’lumot beramiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1 maydan boshlab O‘zbekistonda ko‘prik, tonnel, ko‘p qavatli binolar kabi seysmik xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan bino-inshootlarni qurish faqat Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “A” va “B” toifaga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati uy-joy qurilishi beton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing