Usmonovadan tortib Kubayevagacha. Prezident bir guruh san’at vakillarini taqdirladi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 27 avgust kuni mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan bir guruh san’at vakillarini mukofotladi. 

Taqdirlash haqidagi qaror 26 avgustda qabul qilingan bo‘lib, unda fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlanishi belgilangan. 

Ular orasida o‘zbek estradasining yorqin vakillari ham bor. Xususan:

•  Dilnoza Kubayeva – “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan;
•  Yulduz Usmonova – “El-yurt hurmati” ordeni bilan;
•  Munavvar Abdullayeva – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan;
•  Yodgor Sa’diyev – “El-yurt hurmati” ordeni bilan;
•  Shohrux Yo‘ldoshev – “Do‘stlik” ordeni bilan;
•  Adham Soliyev – “Shuhrat” medali bilan;
•  Hamza Hasanov – “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Qarorga ko‘ra, 8 ta unvon, 7 ta orden va 3 turdagi medal bilan jami hisobda 161 kishi mukofotlangan. Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev Yulduz Usmonova Kubaeva Taqdirlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing