O‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i uchun QQS imtiyozi uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i kabi bir qancha tovarlarning qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Fuqarolarning va tadbirkorlik subektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda keltirilgan.

Adliya vazirligiga ko‘ra, yangi tartibga muvofiq quyidagilarning QQSdan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:

•  O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
•  o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

Bunga qadar, ushbu mahsulotlar 2021 yil 31 dekabrgacha QQSdan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing