Usik va Fyuri o‘rtasidagi jangning ehtimoliy vaqti va joyi aniq bo‘ldi

Sport

image

WBA Super, IBF va WBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik bokschi WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang kelasi yilning mart oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Mayk Koppinger ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

So‘nggi jangda Usik britaniyalik Entoni Joshua bilan to‘qnashgandi. 12 raund davom etgan jangda ukrainalik bokschi hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Fyuri so‘nggi jangida hamyurti Dillian Ueytni mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Tayson Fyuri profboksda umumiy 32 ta jang o‘tkazib, janglarning hech birida mag‘lubiyatga uchramagan. Britaniyalik bokschi 32 ta jangning 23 tasini nokaut bilan tugatgan. Usik ham o‘tkazgan 20 ta jangining barchasida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 dekabr kuni Fyuri Londondagi “Tottenham Hotspur” stadionida yana bir angliyalik bokschi Derek Chisoraga qarshi uchinchi marta ringga ko‘tariladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing