Ushbu haftada 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi (jadval)

Jamiyat

−

image

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq joriy haftada "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi tomonidan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, BAA va Misr Arab Respublikasi shaharlariga jami 9 ta qatnov amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

1 – 7 iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali:

1 iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent

2 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent

3 iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent

3 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent

4 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent

5 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent

6 iyun. Qohira – Toshkent – Qohira

6 iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent

7 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent

Eslatib o‘tamiz, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 25-31 may kunlari amalga oshirilgan 8 ta qatnov orqali Rossiya Federatsiyasi va Turkiyadan jami 2118 nafar hamyurtlarimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

 

Maqola muallifi

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar