“O‘sh-Toshkent” yo‘lining Xo‘janddan o‘tgan qismi ochilishi mumkin
Jamiyat
−
11 yanvar 2021 9340 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi. Unda “O‘sh-Toshkent” yo‘lining Xo‘janddan o‘tgan qismi ochilishi mumkinligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.
Farmonga ko‘ra, uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy ziyoratchi sayyohlarni qabul qilish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, 2021 yildan boshlab transport-logistika xizmatlarini yaxshilash hamda rivojlantirish choralari ko‘riladi.
Xususan, o‘zbek diasporasi istiqomat qiladigan qo‘shni mamlakatlarning yirik shaharlari – O‘sh, Jalolobod, Turkiston, Chimkent, Dushanbe, Xo‘jand, Mozori-Sharifdan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan shaharlarga avtobus marshrutlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.
“O‘sh-Toshkent” yo‘nalishini amalga oshirish uchun Tojikistonning Ho‘jand shahridan o‘tgan magistralda harakatlanish bo‘yicha Tojikiston Hukumati bilan kelishuvga erishish choralarini ko‘riladi.
Kelishuv natijasiga ko‘ra halqaro muntazam avtobus yo‘nalishni tashqil qilinadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust