USAID'ning O‘zbekistondagi missiyasiga yangi rahbar keldi

Jamiyat

image

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda missiyaning Facebook'dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Unda aytilishicha, endi Devid Xofman O‘zbekiston hukumatining amalga oshirilayotgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha USAID dasturlariga rahbarlik qiladi.

U lavozimga kirishishdan oldin Vashingtonda joylashgan USAID bosh qarorgohida agentlik rahbari Samanta Pauyer guvohligida qasamyod qilgan. Bundan oldin u turli mamlakatlardagi bir qator agentlik missiyalarida USAID'ning Tashqi ishlar xizmati xodimi sifatida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, USAID'ning O‘zbekistondagi missiyasi 2020 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Mikayela Meredit esa uning birinchi rahbari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

USAID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing