Urushning shamolidan Ukraina qolib, qo‘shnilar vahimaga tushdi. Serbiya oziq-ovqat zaxirasini to‘ldiryapti

Olam

image

Serbiya Ukrainadagi inqiroz tufayli zudlik bilan oziq-ovqat va neft mahsulotlarini sotib olishni boshladi. Respublika allaqachon 10 ming tonna tuz, 1000 tonna loviya va no‘xat buyurtma qilgan hamda 30 ming tonna un sotib olishni rejalashtirgan. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi.

“Bugun biz zudlik bilan 10 ming tonna tuz, ming tonna loviya va yana shuncha miqdorda no‘xat buyurtma qildik. Agar vaziyat yomonlashsa, yana 30 ming tonna 500 turdagi unni olamiz, bug‘doyimiz yetarli”, deydi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat neft mahsulotlarini zaxiralashni rejalashtirmoqda, ammo buning uchun mablag‘ topish kerak.

“Butun dunyo Rossiya va Ukraina o‘rtasida nimadir bo‘lishini hayajon bilan kutayotganida, hech kim hech narsa bo‘lmayapti, deb ko‘rsatib bo‘lmaydi”, dedi Aleksandr Vuchich.

Avvalroq, Serbiya Prezidenti Rossiya va AQSH global inqirozga tinch yo‘l bilan yechim topishiga umid bildirgan edi. 

"Men ishonamanki, ruslar va ukrainlar, ya’ni ruslar va amerikaliklar birgalikda yechim topadi va bu yechim tinch yo‘l bilan bo‘ladi. Keyin men hech narsadan qo‘rqmayman: na Serbiyaning kelajagi uchun, na Turkiyaning kelajagi uchun”, degan edi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevdagi barcha diplomatlarini evakuatsiya qilyotgani haqida gaplar tarqalmoqda. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, ayni vaqtda Isroil diplomatlarining oilalarini Kiyevdan evakuatsiya qilgan. Norvegiya o‘z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirgan. Bundan tashqari, Oslo Ukraina bilan chegaradan 250 kilometr uzoqlikda Rossiya hududiga bormaslikni tavsiya qilmoqda. Latviya Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini imkon qadar tezroq Ukrainani tark etishga da’vat etgan. Britaniya Kiyevdan elchixona xodimlarini olib ketadi, London konsullik yordamini boshqa ko‘rsata olmasligini bildirgan. Vashington Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi missiyasidan o‘z kuzatuvchilarini chaqirib olmoqchi.

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida da’volar ilgari surilmoqda. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, u bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing