Urushning 655-kuni: Rossiya va Ukrainaning yo‘qotishlari ochiqlandi

Olam

image

Ukraina Rossiya armiyasining urushdagi yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Bu haqda Ukraina Bosh shtabi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Rossiyaning 338 820 askari, 5 636 tanki, 10 529 zirhli jangovar mashinasi, 8 064 artilleriya tizimi, 919 RYAS (reaktiv raketa o‘t o‘chirish tizimlari), 605 havo mudofaa tizimi, 324 harbiy samolyoti, 324 ta vertolyoti, 1586 ta qanotli raketasi, 22 ta kema/qayiq, 1 ta suvosti kemasi, 1162 ta maxsus texnikasi yo‘q qilingan.

Rossiya ham ushbu hisobot chiqishidan bir kun avval urushning 654-kunida Ukraina armiyasining yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgandi.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lumot bergan.

“Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon dushmanning 550 ta samolyoti, 257 ta vertolyoti, 9 588 ta PUA, 442 ta zenit-raketa kompleksi, 13 924 ta tank va boshqa zirhli texnikasi, 1188 ta raketalari, 7268 dala artilleriya to‘plari va minomyotlari, 16 011 ta maxsus harbiy avtomashinasi yo‘q qilindi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Ukraina Qrimdagi neft bazasiga hujum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made