Urush tufayli Ukrainada qancha aholi ishsiz qolgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 noyabr 2022
5137Urush boshlanganidan beri kamida 5 million Ukraina aholisi ishsiz qoldi. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Tatyana Berejnaya ma’lum qildi.
“10 million odam ish bilan ta’minlangan joyda janglar davom etmoqda. Kamida 5 million kishi ishidan ayrilgan. Urushda yuzlab ishchilar halok bo‘ldi. Janglar tufayli 7 millionga yaqin odam allaqachon mamlakatni tark etgan. Ishsizlik darajasi sezilarli darajada oshdi”, deydi Berejnaya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi mehnat bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun bir qancha dasturlarni ishga tushirgan.
Jumladan, fuqarolarga imtiyozli kredit berish, davlat grantlari hisobidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish kabi ishlar amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning avgust oyida Ukrainaning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 68 foizini tashkil qilgan. Yilning birinchi yarmida u 97,96 mlrd dollardan 105,39 mlrd dollarga o‘sgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaning davlat qarzini 2022 yil oxirida YAIMning 86 foiz darajasida bashorat qilmoqda.
LiveBarchasi