Urush Rossiya hududiga qaytyapti – Zelenskiy
Olam
−
31 iyul 2023
12830Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush asta-sekin Rossiya hududiga qaytayotganini va bu muqarrar jarayon ekanligini aytdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videomurojaatida so‘z ochdi.
“Bugun Rossiya ma’muriyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, bir yoki ikki hafta davom etishi kerak bo‘lgan “maxsus harbiy operatsiya”ning 522-kuni. Ukraina vaqt o‘tishi bilan kuchayib bormoqda. Urush Rossiya hududiga, uning ramziy markazlari va harbiy bazalariga qaytmoqda. Bu muqarrar, tabiiy va adolatli jarayondir”, deydi Ukraina Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 iyul kuni Mosvka meri Sergey Sobyanin shaharga dron hujumi uyushtirilgani, buning oqibatida Moskvadagi ikkita ofis minorasining jabhasi biroz shikastlanganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi 30 iyulga o‘tar kechasi Ukrainaning Qrimdagi ob’ektlarga hujum qilish uchun ishlatgan 25 ta uchuvchisiz samolyoti qo‘lga olingani va yo‘q qilinganini e’lon qildi.
LiveBarchasi