Urush ochlar sonini keskin orttirishi mumkin – BMT

Olam

image

Oziq-ovqat yetishmasligi va uning qimmatligi, Ukraina inqirozi tufayli yuzaga kelgan o‘g‘itlar taqchilligi dunyoda och va to‘yib ovqatlanmaydiganlar sonining 218 millionga yetishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vitse-direktori Mauritsio Martina ma’lum qildi.

“Inqirozdan oldin dunyoda och odamlar soni ortishni boshlagan va ular 2021 yilda 53 mamlakatda deyarli 200 millionga yetgan. Hozirgi mojaro ochlik bilan bog‘liq vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, bizning dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, och odamlar soni yana 18 millionga ko‘payishi mumkin, ko‘p narsa keyingi voqealarga bog‘liq”, degan Martina. 

Unga ko‘ra, Ukraina portlarida olti million tonna don va deyarli 14 million tonna makkajo‘xori to‘sib qo‘yilgan. Uning ta’kidlashicha, tashkilot Ukraina don va makkajo‘xorilarini yuk mashinalarida Ruminiyaga eksport qilishni tashkil etish ustida ishlamoqda, u yerdan oziq-ovqat Dunay daryosi bo‘ylab olib o‘tiladi. Qayd etilishicha, biroq eksport qilinadigan don hajmini dengiz orqali eksport qilinadigan don hajmi bilan solishtirib bo‘lmaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, BMT Jahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli Ukrainadagi inqiroz tufayli och qolganlar soni 276 milliondan 323 milliongacha oshadi, deb taxmin qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing