Urush qatnashchilariga 15 mln so‘mdan beriladi
Jamiyat
−
29 aprel 2022 5822 1 daqiqa
9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Mutasaddilarga:
• yolg‘iz yashayotgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlarni yetkazish;
• urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirish;
• 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovg‘a-salomlar yetkazish topshirildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr