O‘rmon yong‘inidan qutilgan Turkiya suv toshqiniga duchor bo‘ldi (video)

Olam

image

Bir necha kun davom etgan o‘rmon yong‘inlaridan, endigina, xalos bo‘lgan Turkiyada kuchli yomg‘irlar suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Buning oqibatida mamlakatning Qora dengiz sohilidagi Kastamonu viloyatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning  Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) xabar berdi

“To‘rt kishi Kastamonudagi suv toshqinida halok bo‘ldi, bir kishi Bartinda izsiz yo‘qolgan”, deyiladi idora xabarida.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Turkiya olov ichida

Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. Bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, global iqlim o‘zgarishi va dunyoda havo haroratining keskin ko‘tarilishi ortidan Turkiya, Rossiya, AQSH hamda Avstraliyada o‘rmon yong‘inlari yuzaga keldi. Bundan tashqari, Yevropaning bir qator davlatlarida, jumladan, Germaniya, Belgiya, Chexiya, Avstriya, Niderlandiya, Belarus hamda Hindiston va Xitoyda suv toshqinlari sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing