O‘rikning inson salomatligi uchun qanday foydalari bor?

Salomatlik

image

O‘rik mevasini yoqtirmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Undan tayyorlanadigan murabbo-yu, kompotlarni aytmaysizmi? Bugun ushbu meva tarkibidagi foydali moddalar haqida ma’lumot beramiz. 

O‘rik tarkibida vitaminlar, karotinlar, flavonoidlar, fitosterollar, fitoestrogen, antioksidantlar, organik kislotalar, uglevodlar, pektinlar, aminokislotalar, mikro va makroelementlar, kletchatkalar mavjud. 

Tarkibidagi minerallar tufayli o‘rik inson organizmining deyarli barcha tizimiga foyda ko‘rsatadi: 

• magniy oshqozon-ichak trakti faoliyatini tartibga soladi; 

• kalsiy suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi; 

• kaliy elektrolitlar darajasini tiklaydi, yurak mushaklarini kuchaytiradi, kalsiyning singishini ta’minlaydi; 

• temir eritrotsitlar sonini ko‘paytiradi, gemoglobinni oshiradi, anemiyanining oldini oladi; 

• yod qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi; 

• stronsiy kariyes va osteoporozning oldini olishga xizmat qiladi. 

Yangi uzilgan mevalarda kaloriya miqdori past (44 kilokaloriya) va uglevodlar konsentratsiyasi (10% dan ko‘proq) yuqori bo‘ladi hamda u tanada ortiqcha vazn yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Quritilgan o‘rikda esa kaloriya miqdori juda ko‘p bo‘lib, 240 kilokaloriyaga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

o'rik

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar