O‘rgimchak odam niqobini kiygan futbolchi jazolandi

Sport

image

Rossiyaning “Krasnodar” jamoasi yarimhimoyachisi Nikita Krivsov kecha, 26 noyabr kuni Rossiya kubogi doirasida “Orenburg”ga qarshi o‘yinda O‘rgimchak odam niqobini kiyib gol nishonlagani uchun sariq kartochka oldi va jarimaga tortildi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Murad Musayev ma’lum qildi. 

“U jarimaga tortildi. Bu haqda futbolchining o‘ziga xabar berilgan. U allaqachon sariq kartochkaga ega edi va SSKAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Krivsov qilgan ishi uchun uzr so‘radi”, dedi Musayev.

Krivsov “Orenburg”ga qarshi o‘yinning 4-daqiqasida hisobni ochdi, biroq golni nishonlash uchun kiygan O‘rgimchak odam niqobi tufayli sariq kartochka olgan edi. O‘yinning yakunida “Krasnodar” 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

“Krasnodar” va “Orenburg” o‘yini kecha, 26 noyabr kuni Krasnodardagi “Ozon Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Krasnodar” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi “Krasnodar” Rossiya kubogi yarim finalida SSKA bilan to‘qnashadi va Nikita Krivsov “armiyachilar”ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Fenerbahche” klubi futbolchisi Kerem Aktyurkogluni ijtimoiy tarmoqlarida “Garri Potter” franshizasidagi vizual va audio elementlardan ruxsatsiz foydalangani uchun AQSHning Warner Bros media shirkati sudga bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Krasnodar” Nikita Krivtsov O'rgimchak odam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar