Urganchdan Sankt-Peterburgga uchadigan parvoz kechiktirildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyun kuni Urganchdan Sankt-Peterburg shahriga amalga oshirilishi kerak bo‘lgan parvoz Rossiyaning milliy bayrami tufayli kechiktirildi. Bu haqda Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur voqea sababli fuqarolar o‘rtasida boshlangan turli tushinmovchiliklar sabab, Urganch xalqaro aeroporti direktori Xudaybergan Kuryazov va viloyat hokimi Farhod Ermanovning shahsan o‘zlari Urganch xalqaro aeroportiga kelib, fuqarolarga yuqoridagi xolatlar to‘g‘risida ma’lumotlar bergan va ularga qulaylik yaratish maqsadida hohlovchi yo‘lovchilar chipta pullarini qaytarib olishlari mumkinligini yoki muammo hal bo‘lgunga qadar mehmonhonada kutishlari kerakligini aytib, yetib olishlari uchun 2 ta avtobus ajratgan.

Biroq kech bo‘lishiga qaramasdan parvoz bilan bog‘liq muammo bartaraf qilingan va yo‘lovchilar Urganch-Toshkent yo‘nalishi orqali Toshkentga va u yerdan Toshkent-Sankt Piterburg yo‘nalishi orqali Rossiyaga yetib olishlari ta’minlangan. 

Ayni damda barcha yo‘lovchilar yuqorida ko‘rsatilgan reys bo‘yicha parvozga ko‘tarilib bo‘lishgan.

“Yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz, Urganch xalqaro aeroporti faqatgina yo‘lovchi va havo kemalariga xizmat ko‘rsatadi. Chiptalar va ularning narxlari bilan shug‘ullanish vakolatiga ega emas”, deyiladi aeroport bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing