Urganchdagi stadionda yong‘in yuz berdimi? FVV izoh berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahar “Olimpiya” stadionida yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu holatga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, kecha, 10 aprel kuni Xorazm viloyati Urganch shahar Pahlavon Mahmud ko‘chasida joylashgan “Olimpiya” sport majmuasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Urganch shahar hokimligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida amaliy-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilgan.

Tadbirda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari qatnashib, o‘quv mashqi shartlariga ko‘ra mash’ala shartli ravishda yoqilgan. Muzkur tadbir soat 22:40 dan 23:30 gacha davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani “Qorabuloq” mahallasi hududidagi gaz tarqatish shoxobchasida yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketib, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Urganch.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing