Urganchdagi monitorga pornografik video joylagan erkak jazolandi

3-sahifa

image

Avvalroq, 31 mart kuni Urganch shahridagi LED monitorda pornografik video namoyish qilingani haqida xabar bergan edik. 

Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv ishlari natijasida pornografik mazmundagi videolavha reklama monitori tegishli bo‘lgan xususiy firma ishchisi, 1978 yilda tug‘ilgan I.I. tomonidan  reklama roliklarini joylashtirish jarayonida ehtiyotsiz natijasida monitor xotirasiga yuklangani aniqlangandi.

Bugun, 2 aprel kuni Urganchdagi reklama monitorida pornografik videolarni namoyish etgan shaxs sud qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro monitorlarga reklama joylash vazifasini bajarib kelgan. 31 mart kuni u Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitoriga 20 tadan ortiq videomaterialni joylagan va monitorda pornografik mazmundagi video namoyish etilishiga sababchi bo‘lgan.

Sud qarori bilan 44 yoshli erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (13 million 500 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing