Urganchdagi avtovokzalning 100 foiz davlat ulushi sotuvga qo‘yildi
Jamiyat
−
09 aprel 2021
2828Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi “Urganchavtoshoxbekat” MCHJ tarkibidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “E-AUKSION” portalida ma’lumot berilgan.
Binolarning egallagan umumiy maydoni 682,42 kvadrat metrni tashkil etadi. Uning ustav kapitali miqdori esa 2 mlrd 97 mln 904 900 so‘m.
Sotuv shartlariga ko‘ra, tenderda g‘olib chiqqan shaxs 20 yil davomida avtoshohbekat va yo‘lovchi tashish faoliyatini ta’minlab berishi kerak.
Ma’lumot uchun, avtovokzal binosi Xorazm viloyati Urganch shahri Yoshlik ko‘chasida joylashgan.
LiveBarchasi