Urganchda 34 kishiga soxta aviachipta sotgan korxona rahbariga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Urganchda 34 nafar fuqaroga soxta aviachipta rasmiylashtirgan xususiy korxonasi rahbari va norasmiy ishchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Urganch shahridagi “P.B.A.” xususiy korxonasi rahbari M.Sh. va norasmiy ishchisi X.X.lar 34 nafar fuqaroning nomiga soxta elektron aviachiptalarni rasmiylashtirgan. 

Shundan so‘ng, korxonasi rahbari hamda ishchisi aviachiptalarni har birini 3-3,5 million so‘mdan jami 106,2 million so‘m va 200 AQSH dollariga sotgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing