Ur-tepga qaramay, o‘zbekistonliklar Rossiyaga ish qidirib borishda birinchi

Olam

image

Oxirgi yillarda mamlakatga investitsion oqimning ortishi, yangi ish o‘rinlarining ochilishi va Yevropa mamlakatlariga ishga yuborish bo‘yicha aloqalarning o‘rnatilishiga qaramay, hamon o‘zbekistonliklar Rossiyaga ish izlab boruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Rossiya Fedaral xavfsizlik xizmati Chegara xizmatining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,82 million o‘zbekistonlik sovuq rus o‘lkasiga ish izlab borgan. 

Oxirgi bir yil ichida migratsiya qonunchiligini kuchaytirish, migrantlar faoliyatiga qo‘yilayotgan cheklovlar, ular oilasiga nisbatan chetlashtirish tizimi Rossiya Federatsiyasiga kiradigan odamlar soniga hali ta’sir ko‘rsatmagan. Chunki qo‘shni davlatlar fuqarolari hali ham ishga muhtoj.

2025 yilning birinchi yarmida 767 mingga yaqin Xitoy fuqarosi Rossiyaga kirdi. Rossiyaga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham faol tashrif buyuruvchilar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bu besh davlatdan jami 5,48 million kishi kelgan – o‘tgan yilning birinchi yarmidagidan atigi 2 foizga kam.  

Rossiyaga keluvchilar soni bo‘yicha yetakchi 5 davlat 2024 yilning birinchi yarmiga nisbatan o‘zgarmagan – bular O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Qirg‘izistondir. Umuman olganda, ushbu mamlakatlarning 5,48 million fuqarosi Rossiyaga kirdi va 2024 yilning birinchi yarmida ular 5,59 million kishini tashkil etgan (faqat 2 foizga kamaygan). 

Statistik ma’lumotlar Xitoydan tashrif buyuruvchilar sonining keskin o‘sishini ko‘rsatmoqda: bu yil allaqachon 767,6 ming – 2024 yilning birinchi yarmidagidan 67 ming kishiga ko‘p. 

Shu bilan birga, 2023 yilning xuddi shu davrida Xitoydan atigi 263,8 ming kishi Rossiyaga kirgan o‘shanda bu mamlakat ro‘yxatda yettinchi o‘rinda edi. Biroq, pandemiyadan oldingi oxirgi yil, ya’ni 2019 yil rekordi hamon saqlanib turibdi, o‘shanda birinchi olti oyda 959 ming xitoylik Rossiya Federatsiyasiga kirgan.

Qozog‘iston ham biroz o‘sishni ko‘rsatdi: 2024 yilning birinchi yarmida bu mamlakatning 1,51 million fuqarosi Rossiyaga kelgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 1,54 millionga yetdi. Qolgan 5 ta davlatda Rossiyaga kiruvchi fuqarolar soni kamaygan. Eng sezilarli kamayish Tojikistonga oid. 

Shuni ta’kidlash kerakki, Qozog‘iston fuqarolari ko‘pincha tashrif maqsadi sifatida ma’lumotnomada “shaxsiy tashrif” ustunini tanlagan – 1 million kishi. Ish izlab kelganini yashirmaganlar bor-yo‘g‘i 120 mingga yaqin. Xitoy fuqarolari uchun eng mashhur javob “turizm” (317 ming), ikkinchi o‘rinda “ish safari”, uchinchi o‘rinda “ish” va deyarli bir xil raqamda “o‘qish” ko‘rsatilgan. Ro‘yxatdagi boshqa mamlakat fuqarolari ko‘p hollarda tashrif maqsadi sifatida “ish”ni ko‘rsatgan, xususan o‘zbekistonliklar ham. 

Rossiyaga eng ko‘p xorijlik O‘zbekistondan kelgan – yilning birinchi yarmida 1,82 mln. 2024 yilning mos davrida esa bu raqam 1,85 millionni, 2023 yilda, 1,7 millionni tashkil etgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi esa joriy yil o‘rtasida e’lon qilgan bayonotda Rossiyada bo‘lib turgan mehnat migrantlari 1 milliondan kam ekaniga ishontirishga uringan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing