“O‘pkasini qo‘ltiqlagan” avtobus haydovchisi qarama-qarshi yo‘lda harakatlandi (video)

Jamiyat

image

Samarqand shahrida yo‘lovchi tashuvchi avtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib harakatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea kecha, 14 oktyabr kuni soat 11:30 da shaharning Amir Temur ko‘chasida yuz bergan. Avtobus yo‘l transport hodisasi holatini yuzaga keltishiri mumkin edi. 

Xabarga ko‘ra, avtobus haydovchisining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Tekshiruv mobaynida haydovchining me’yoriy hujjatlari to‘liq emasligi, transport vositasiga ruxsat etilmagan jihoz o‘rnatganligi ma’lum bo‘lgan. Belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtobus vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing