“Uni faqat Pablo Eskobar bilan tenglashtirish mumkin”. Kolumbiyada “gigant” narkobaron qo‘lga tushdi

Olam

image

Kolumbiya politsiyasi armiya va aviatsiya bilan birgalikda mamlakatdagi eng yirik narkokartel “Ko‘rfaz klani” rahbari hisoblanmish Otoniel laqabli Dayro Antonio Usuguni qo‘lga oldi. Narkobaronning qo‘lga olingani haqida Kolumbiya Prezidenti Ivan Duke videomurojaat orqali e’lon qildi, deya xabar berdi BBC News.

“Bu ushbu asrda mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosiga berilgan eng jiddiy zarba bo‘ldi. Bu zarbani faqat 1990-yillarda [narkobaron] Pablo Eskobarning qulashi bilan solishtirish mumkin”, deydi Kolumbiya Prezidenti.

Colombia's most-wanted drug lord 'Otoniel' captured - France 24

Qayd etilishicha, 50 yoshli Dayro Usugu Kolumbiya shimoli-g‘arbiy qismida, Panama chegarasi yaqinidagi Antokiya bo‘limida qo‘lga olingan. Hibsga olish paytida bir politsiyachi halok bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Kolumbiya hukumati “Ko‘rfaz klani”ni mamlakatdagi eng qudratli jinoiy to‘da, deb hisoblaydi. AQSH rasmiylari esa uni “yaxshi qurollangan va o‘ta shafqatsiz”, deb ta’riflagan. Guruh giyohvand moddalar va odam kontrabandasi, noqonuniy oltin qazib olish va tovlamachilik bilan shug‘ullangan. Klan Kolumbiyadan yo‘lga chiqqan narkotik savdosi bo‘yicha ko‘plab xalqaro eksport yo‘nalishlarini, jumladan, AQSH va Rossiyaga boradigan yo‘llarni ham nazorat qiladi.

Dayro Usugu Kolumbiyada eng ko‘p qidirilgan narkobaron hisoblanardi. Mahalliy hokimiyat uning joylashuvi haqidagi ma’lumot uchun 800 ming dollar mukofot va’da qilgandi ham, Qo‘shma Shtatlar esa 5 million dollar mukofot tayinlagandi. Qo‘lga olingan narkobaron AQSHga ekstraditsiya qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

493

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing