Un importi bojxona bojidan ozod qilindi

Olam

−

image

O‘zbekistonda ayrim import tovarlariga bojxona boji nol stavkalarining qo‘llanilishi muddati uzaytirildi.

Kecha, 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra, 22 turdagi tovarlarga (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) import bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanish muddati 2023 yil 1 iyulgacha uzaytirilib, mazkur ro‘yxatga bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni ham kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan 513 mln dollarlik bug‘doy import qilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing