Umurzoqovning vazirligiga yangi vakolat beriladi
Jamiyat
−
26 may 2022
10585Endi erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidladi.
Mirziyoyevga ko‘ra, sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilib, byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratiladi.
Bunda erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga o‘tkaziladi. Sanoat zonalari bo‘yicha ma’muriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari ham Investitsiyalar vazirligiga beriladi.
Shuningdek, sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qo‘llash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi. Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi.
Sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auksionga qo‘yiladi). Investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi ob’ektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.
Bularning hisobiga, sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi.
LiveBarchasi